Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tgan bir yilda bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 6,1 foizga oshgan
17:10 / 2022-03-04

Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligida o‘tkazilgan vazirlik faoliyatiga doir hisobot – 2021 yil natijalari, joriy yil rejalari yuzasidan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, 2021 yilda respublikada 8 ming 849 ta (190 ta davlat, 8 539 ta oilaviy va DXSH asosidagi 120 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 6,1 foizga oshirildi.  

Maktabgacha ta’limning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda tungi smenada ishlovchi ayollarning farzandlari uchun 24 soatlik guruhlarni tashkil etishga bo‘lgan haqiqiy ehtiyoj 6 ming 196 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi 980 ming 325 nafar bolalarning qonuniy vakillari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish orqali o‘rganib chiqildi. 

So‘rovnomalar natijasiga asosan, joriy yilning 1 iyun kunidan boshlab respublikaning 5 ta hududida jumladan, Andijon viloyatida – 25 ta, Buxoro viloyatida – 10 ta, Jizzax viloyatida – 4 ta, Navoiy viloyatida – 4 ta, Xorazm viloyatida – 5 ta, jami 48 ta 24 soatlik guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 

bugungi kunda respublikada jami 27 ming 103 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularning 6 ming 387 tasi davlat va 20 ming 716 tasi nodavlat (774 ta xususiy, 18 797 ta oilaviy va DXSH asosidagi 1 ming 145 ta nodavlat MTT) maktabgacha ta’lim tashkilotlaridir. 

 

Maktabgacha yoshdagi 2,9 million nafar boladan 1,9 millioni yoki 67 foizi maktabgacha ta’limga qamrab olingan bo‘lsa, ularning 566 ming 996 nafarini ya’ni 82 foizini 6 yoshli bolalar tashkil etmoqda.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xavfsiz va oqilona ovqatlanishini tashkil etishga qo‘yiladigan gigiyenik talablar hamda sanitariya qoida va me’yorlari qayta ko‘rib chiqilib, Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. 

Maktabgacha ta’lim tizimidagi davlat-xususiy sheriklik va oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma hamda «Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun mavsumiy taomnoma»lar ishlab chiqildi. 

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun «Aqlvoy-oshpaz» nomli retseptlari kitobi ishlab chiqildi. Retseptlar kitobiga kiritilgan taomlar uchun texnologik kartalar asosida taomlarni tayyorlash jarayoni tajribadan o‘tkazildi. Ikki yuz ellikdan ortiq taomlarni tayyorlash texnologiyalari, sifat xarakteristikalari yangitdan yozib chiqildi. 

Mutasaddalarning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda bolalarni maktabgacha ta’limga qamrovini 70,7 foizga yetkazish rejalashtirilgan. 

Mohigul Qosimova, O‘zA