French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘tgan 9 oyda 32 trillion so‘mlik qurilish mahsulotlari ishlab chiqarildi
15:22 / 2024-10-14

Bugun AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi mas’ullari mamlakatimiz qurilish materiallari sohasida amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Unda qayd etilganidek, 2024 yil yanvar-sentyabr oylarida qurilish materiallari sohasida 32 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. 73 million kvadrat metr gipsokarton, 13,3 million tonna sement, 2,6 million o‘ram gulqog‘oz, 36 million kvadrat metr keramik plitka,  

34 million kvadrat metr qurilish oynasi, 301 ming tonna quruq qurilish aralashmasi kabi mahsulotlar shular jumlasidan.  

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ilyos Rahimovning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil yanvar-sentyabr oylarida soha korxonalari tomonidan 1,5 milliard dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan. 658 million dollarlik 212 ta loyiha ishga tushirilgan va ushbu loyihalar bo‘yicha 6 ming 24 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.  

[gallery-19732]

–2024-2025 yillarda hududlarda 529 ta qiymati 4,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oshiriladi. Bu ishlar natijasida 25 ming 646 ta yangi ish o‘rni vujudga keladi. 2024 yilda qiymati 1,1 milliard  dollar bo‘lgan 309 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Ayni paytda Navoiy viloyatida “National Ceramics” MCHJ XK, Qoraqalpog‘iston Respublikasida “Qoraqalpoq Basaltwool” MCHJ, Jizzax viloyatida “Stone Lider” MCHJ tomonidan ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 9 oyida tarmoq korxonalari tomonidan 610,4 million dollar miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirilib, belgilangan reja 125,2 foizga bajarildi, –dedi I.Rahimov.  

Tadbirda eksport geografiyasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi. Unda ta’kidlanganidek, qurilish materiallari keng hajmli, og‘ir vaznli ekanidan kelib chiqib, asosiy eksport bozorlari hisoblangan qo‘shni davlatlarga mahsulot eksporti 8 barobarga oshirilgan. Latviya, Niderlandiya, Belgiya kabi yangi istiqbolli eksport bozorlari o‘zlashtirilgan.  

–Hammaga ma’lumki, eksport  qilish oson jarayon emas.  Masalan, biron bir davlatga eksport qilish uchun o‘sha joyning standartlariga moslashish kerak.  Moslashgandan keyin u mahsulot eksportga yo‘naltiriladi. Ayni shu talablardan kelib chiqib, qurilish materiallarining eksport hajmini oshirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, 9 ta davlatda tashkil etilgan  

ko‘rgazma va savdo forumlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari bilan ishtiroki ta’minlandi. Shuningdek,  Ozarbayjonning Boku shahrida “O‘zbekiston savdo uyi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ham bu boradagi ishlar natijasi hisoblanadi, – dedi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqarma boshlig‘i Mehroj Botirov.  

Nasiba Ziyodullayeva,  

Oybek Pardayev (surat),  

O‘zA