Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Otam haqida suhbat...
16:01 / 2024-03-29

FOTOREPORTAJ

Samarqand shahridagi “Chorsu” san’at galereyasida O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, teatr rassomchiligi ustasi Davron Safoyev ijodiy xazinasining tanlangan asarlari hamda uning izdoshi, farzandi Bahrom Safoyev asarlaridan iborat “Otam haqida suhbat” deb nomlangan ko‘rgazma ish boshladi.

27-mart – Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Samarqand viloyati hokimligi, viloyat madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmada hayotini teatr san’atiga baxshida etgan Davron Safoyev va bugun uning ishlarini munosib davom ettirayotgan Bahrom Safoyevlarning Samarqand viloyat musiqali drama teatrida sahna yuzini ko‘rgan teatrlar uchun yaratgan eskizlari, asar qahramonlarining tasvirlaridan iborat yetmishdan ortiq asarlar namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, san’atshunoslar, rassomlar ishtirok etib, ijodkorlarning hayot va ijod yo‘li, asarlarining mohiyati haqida so‘z yuritdi.

[gallery-16661]

Ko‘rgazma bir oy mobaynida davom etadi.

Alisher ISROILOV (surat), O‘zA