Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Otalikni belgilashda turmush o‘rtog‘ining ruxsati talab etilmaydi
17:32 / 2021-01-22

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanishicha, shar’iy nikohdagi turmushda tug‘ilgan farzandga otalikni belgilashda otaning qonuniy turmush o‘rtog‘ining ruxsati talab etilmaydi. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi «Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 53-bandiga ko‘ra, otalik, bolaning otasi boshqa ayol bilan qonuniy nikohda turganidan qat’i nazar, belgilanadi. Otalikni belgilashda uning xotinining roziligi talab etilishi amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmagan.

Brifingda xususiy notarius ochish to‘g‘risida ham ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, notarius faoliyatini litsenziyalash uchun davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat xizmatidan elektron tarzda YAIDXP orqali murojaat qilish mumkin. Bu kabi holatlarda maxsus so‘rovnoma to‘ldiriladi. So‘rovnomaga qo‘shimcha ravishda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi, mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi yoki yuridik mutaxassislik bo‘yicha ish stajini tasdiqlovchi «Elektron mehnat daftarchasi» tizimidan ko‘chirma taqdim qilinadi.

Avtotransport vositalarini qayta jihozlash faoliyati bilan shug‘ullanishda ruxsatnoma olish uchun davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Ko‘chmas mulk ob’ektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish ma’muriy reglamentining 22-bandiga asosan ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob’ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi.

 

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA