Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Otabek Umarov FIA Senati boshqaruv kengashidan joy oldi
16:52 / 2026-02-22

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarovning Xalqaro avtomobil federatsiyasi(FIA) Senati a’zoligiga tayinlangani e’lon qilindi.

Yurtimizda olimpiya harakatini ta’minlash hamda Osiyo olimpiya kengashi rivoji yo‘lida samarali faoliyat yuritib kelayotgan hamyurtimizning FIA Senati boshqaruv kengashidan joy olishi mamlakatimizda avtomobil sportini yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va barqaror tashabbuslarni ilgari surish ishlarida samaradorlikka erishishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Eslatib o‘tamiz, FIA Senati avtomobil sportining taraqqiyotini ta’minlash yo‘lidagi strategik tavsiyalarni ishlab chiqishga rahbarlik qiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA