Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ota-onalarning haddan tashqari qattiqqo‘l bo‘lishi bolalarda depressiya holatlarining ortishiga sabab bo‘lmoqda
14:05 / 2025-10-13

Bolalarni tarbiyalash jarayoni har doim ham oson kechmaydi. Ota-onalar farzandlariga tarbiya berish, ularning hayotda muvaffaqiyat qozonishini ta’minlash maqsadida turli tarbiyaviy usullardan foydalanadilar.

Ammo ba’zida haddan tashqari qat’iylik, ruhiy va jismoniy bosimning kuchayishi bolaning psixologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Amerikaning WebMD nashri ma’lumotlariga ko‘ra, ota-onalarning haddan tashqari qattiqqo‘lligi bolalarda depressiya va boshqa ruhiy muammolar xavfini oshiradi. Ayniqsa, o‘sish davridagi bolalar uchun bunday stressli muhit uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois, bolalarni tarbiyalashda rag‘batlantirish va ruhiy qo‘llab-quvvatlashni asosiy omil qilib olish zarur.

Ota-onalarning tarbiyaviy uslubi bolaning ruhiy salomatligiga bevosita ta’sir qiladi. Haddan tashqari qat’iy va nazoratchi yondashuv, jismoniy jazolar va muloqotni cheklash kabi metodlar bolalarda o‘zini tushunilmagan, yolg‘iz va qadr-qimmatidan mahrum his qilishiga sabab bo‘ladi. Bunday psixologik muhit, ayniqsa, o‘sib borayotgan bolaning ongida stress va xavotir darajasining oshishiga olib keladi.

Psixologik bosim ostida tarbiyalangan bolalarda depressiya holatlarining ko‘payishi kuzatilgan. Bu holat, o‘z navbatida, bolaning ijtimoiy faoliyatiga, o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va o‘zini anglash qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, jismoniy jazolar bolalarda jismoniy va ruhiy travmalarni keltirib chiqaradi, bu esa ularning o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchini kamaytiradi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ota-onalar farzandlarini rag‘batlantirish va ruhiy qo‘llab-quvvatlashga ko‘proq e’tibor qaratganda, bolalarning ruhiy va aqliy salomatligi yaxshilanadi. Masalan, farzand bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ijobiy fikrlarni rag‘batlantirish va ularning his-tuyg‘ularini e’tiborga olish bolalar uchun xavfsiz va qulay muhit yaratadi. Bu esa ularning o‘zini qadrlash va stressga chidamlilik darajasini oshiradi.

Natijada, ota-onalarning tarbiyaviy uslubini takomillashtirish va psixologik salomatlikni e’tiborga olgan holda, bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan yondashuvni qo‘llash muhim. Zero, bola ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lsa, u jamiyatda ham faol va muvaffaqiyatli shaxsga aylanish imkoniga ega bo‘ladi.

Dildora DO‘SMATOVA, O‘zA