Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ota-onalar xavotirda, mutasaddilar esa jim
19:06 / 2022-06-24

Xabarlarga ko‘ra, Qashqadaryoda noma’lum kasallikdan nobud bo‘lgani aytilgan bolaning 6 yoshli qarindoshi ham vafot etgan.

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati rahbari Nuriddin Egamovning aytishicha, internetda bolalarning noma’lum kasallikdan vafot etgani haqida xabar noto‘g‘ri. Bolalarning qaysi kasallikdan vafot etgani shifokorlarga ma’lum. Ular koronavirus bilan ham, maymun chechagi bilan ham kasallanmagan. Biroq, qonunchilikka ko‘ra, kasallik tashxisi jamoatchilikka oshkor qilinmayapti. Buni aksariyat bloger va jurnalistlarimiz tushunishni istamayapti. 

Ijtimoiy tarmoqlarda esa mazkur voqea yuzasidan turli noxush xabarlar tarqalishda davom etmoqda. Yurtdoshlarimizning aksariyati, ayniqsa, yosh bolali ota-onalar farzandlari salomatligidan xavotirga tushayotganini bildirmoqda. SSV matbuot xizmati esa kecha 23 iyun kuni soat 23:02da vazirlik tomonidan malakali professor-shifokorlardan iborat maxsus tibbiy brigada tuzilib, zudlik bilan G‘uzor tumaniga yuborilganini aytib rasmiy munosabat bildirish bilan cheklanib qolmoqda.  

Darvoqe, vazirlik matbuot xizmati e’lon qilgan munosabatda bu holat nazoratga olingani, o‘rganish natijalari haqida batafsil ma’lumot berilishi aytilgan edi.  

M.Qosimova, O‘zA