Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ota-onalar uchun umid, bolalargayangi imkoniyat
15:50 / 2025-11-24

Joriy yilning may oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda Oqqo‘rg‘on tumani Sulton Segzbayev mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Hozir bu markaz bolalar va ularning oilalari uchun yangi imkoniyatlar eshigini  ochmoqda. Ayni paytda bu majmua 19 nafar bolani qamrab olgan bo‘lib, sifatli kunduzgi parvarish xizmati ko‘rsatilmoqda. Ushbu sa’y-harakatlardan asosiy maqsad nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarishdir. 

Muhimi, mutaxassislar tomonidan har bir bolaning yoshi, imkoniyati va holatidan kelib chiqib, individual reja asosida parvarish va rivojlantirish ishlari olib borilmoqda. Aslida ijtimoiy moslashuv, reabilitatsiya, ta’limiy va madaniy faoliyatlar uyg‘unligida tashkil etilgan ushbu xizmat bolalarning hayot sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. 

– Ilgari bu hududlarda aholiga shunday yo‘nalishlarda xizmatlar muntazam ko‘rsatilmagan. Hozir ushbu kunduzgi parvarish xizmatiga bolalarini jalb etgan besh nafar ota-ona o‘zlarini tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Jarayonda bolalar salomatligi ham yaxshilanmoqda, — deydi Oqqo‘rg‘on tumani Sulton Segzbayev mahallasidagi Kunduzgi parvarish xizmati rahbari Zulhumor G‘aniyeva.

E’tiborlisi, ilgari farzandining parvarishi bilan band bo‘lgan, biroq ishlash istagi bo‘lgan onalar va otalar endi o‘z kasbiga qaytish, moddiy va ma’naviy jihatdan mustahkamlanish imkoniga ega bo‘lmoqda.

A. Musayev, O‘zA.