Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ota-onalar forumi
14:09 / 2023-10-07

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sportni boshqarish fakulteti tomonidan talabalarning ota-onalari ishtirokida “Ota-onalar forumi” uyushtirildi. Tadbirga kelgan uch yuzdan ziyod ota-onani Sportni boshqarish fakulteti dekani Aziz Tillaxo‘jayev, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar tantanali qarshi oldi.

Mehmonlarga talabalarga beriladigan imtiyozlar, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish uchun tashkil etilgan to‘garaklar, yaratilgan sharoitlar haqida to‘liq ma’lumotlar berildi. Universitetning Madaniyat saroyida bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda universitet rektori Mahmudjon Boltabayev so‘zga chiqib, oliy o‘quv yurtida talabalar uchun barcha sharoit, qulaylik borligi va bundan yoshlar oqilona foydalanishi kerakligini ta’kidladi. Ota-onalar bilan dildan suhbat davomida ularni qiziqtirgan savollar javobsiz qolmadi.

 

Forum doirasida talabalar tomonidan tayyorlangan mavzuga doir sahna ko‘rinishlari namoyish qilinib, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. O‘z o‘rnida ota-onalar ham farzandlariga munosib g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani uchun tashakkur bildirishdi. 

A.Musayev, O‘zA muxbiri