English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘ta muhim ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar muhokama qilindi
17:42 / 2025-12-19

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “O‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzuida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanning maqsadi o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish, yuqori xavfli infratuzilmalarda xavfsizlikning zamonaviy talablarini belgilash hamda ilg‘or ilmiy-texnik va innovatsion yechimlarni amaliyotga joriy etishdan iborat.

Anjumanni Akademiya boshlig‘i Muzaffarjon Mamasiddiqov ochib, respublikamizda har yili kuz-qish mavsumi davomida 1 dekabrdan – 31 dekabr kuniga qadar Respublika hududida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilib kelinishi, yong‘inlar va ularning oqibatlari, uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.

Qayd etilganidek, mazkur oylik doirasida ko‘p kvartirali uylar va yakka tartibdagi uy-joylar, ijtimoiy soha ob’ektlari, shuningdek ishlab chiqarish korxonalari, bozorlar, yirik savdo majmualarida yong‘inlarning oldini olish borasida keng ko‘lamli profilaktika tadbirlarini amalga oshirish, isitish mavsumida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish yoki havo gaz aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Anjuman doirasida tashkil etilgan Akademiya professor-o‘qituvchilari va mustaqil izlanuvchilari hamda iqtidorli kursantlari tomonidan ishlab chiqilgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimiga oid bir qator maketlar, ilmiy ishlanmalar, uslubiy qo‘llanmalar, zamonaviy axborot tenologiyalari dasturlari namoyishi anjuman ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.  

Anjuman yakunida dolzarb mavzu yuzasidan bir qator olimlar va mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA