Farg‘ona shahrida keyingi paytda aliment to‘lash o‘rniga uy hadya qilish soni ko‘paymoqda.
Farg‘onalik Egamberdiyevlar oilasi o‘rtasidagi nikoh bekor qilingach otadan ikki nafar voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun aliment undirish belgilandi.
Biroq, ota majburiyatini yetarli darajada bajarmagani tufayli alimentdan yaxshigina qarzdorlik vujudga keldi.
Bilasiz, aliment masalasi ancha nozik hisoblanadi. Aliment to‘lamay yurganlarga tegishli chora ko‘riladi. Ular orasida 15 sutka ma’muriy qamoqqacha bo‘lgan jazo choralari bor.
Egamberdiyevlar misolida nima bo‘ldi, dersiz?
Majburiy ijro byurosi (MIB)ning Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari bilan bir necha bor o‘tkazilgan muloqotdan so‘ng ota zimmasidagi majburiyatidan qutildi.
Ya’ni, u farzandlariga 18 yoshga to‘lgunga qadar to‘lashi lozim bo‘lgan 167 million so‘m pul mablag‘i evaziga shahar markazidan ularning nomiga uy - joy rasmiylashtirib berdi.
N.Qodirqulova,
MIB Farg‘ona viloyati
boshqarmasi katta inspektori.
O‘zA