Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ota farzandining farzandi uchun aliment pulini to‘ladi
16:53 / 2025-11-06

Farzand tarbiyasi va moddiy ta’minoti har bir ota-onaning sharafli va mas’uliyatli burchi sanaladi. Biroq hayotda ayrim ota-onalar bu vazifadan o‘z ixtiyori bilan bo‘yin tovlaydi.

Sud qaroriga asosan qarzdor A.A.dan voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment puli undirish belgilangan edi. Biroq u chet davlatga ketib, to‘lovdan bosh tortgan.

Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi tomonidan olib borilgan choralar natijasida davlat ijrochisi qarzdor bilan tushuntirish ishlarini olib bordi. Shuning natijasida qarzdor otasi nabirasiga voyaga yetguniga qadar hisoblangan 36 million so‘m aliment pulini 3 000 AQSH dollari miqdorida to‘lab berdi.

Tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilib, undiruvchining arizasiga muvofiq mazkur ijro hujjati ijrosi to‘liq yakunlandi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri