Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ota farzandiga buyragini berdi
12:53 / 2024-01-20

Qiziltepalik bemor Ruxshona Jo‘raqulovaga otasi Murodullo Botirovning bitta buyragi ko‘chirib o‘tkazildi.

Ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti – buyrak transplantatsiyasi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Navoiy filiali va Qiziltepa tuman tibbiyt birlashmasining malakali mutaxassislari tomonidan bajarildi.  

4 soatdan ko‘proq vaqt davom etgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozir bemor va uning otasida tegishli tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda.  

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri