Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ota farzandi uchun bir yo‘la 80 million so‘m aliment pullarini to‘ladi
11:53 / 2020-11-15

Majburiy ijro byurosi Karmana tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining( 04.09.2015 yildagi) sud buyrug‘iga asosan, javobgar J.Tursunovdan undiruvchi G.Tursunova foydasiga bir nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 1/4 miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan kuniyoq davlat ijrochilari tomonidan ijro harakatlari boshlab yuborilgan.

Aniqlanishicha, aliment pullari J.Tursunovdan oyma-oy to‘liq undirilib, ijro hujjati bo‘yicha 01.12.2020 yil holatiga qadar qarzdorlik umuman mavjud bo‘lmagan. Ammo undiruvchi G.Tursunova farzand tarbiyasi uchun moddiy qiyinchiliklarga uchrayotganligi sababli, alimentni oldindan olishni bildirib, bo‘lim boshlig‘i qabuliga kelgan.

Mazkur holatda davlat ijrochilari tomonidan javobgar J.Tursunovga 5 yoshli farzandi J.Asadullayevning moddiy ta’minotida uzilishlar bo‘layotganligi, bunga befarq bo‘lmasligi lozimligi tushuntirildi.

Natijada qarzdor J.Tursunov bir yo‘la farzandining 18 yoshga to‘lguniga qadar jami 80 million so‘m aliment pullarini to‘lab berdi.

Majburiy ijro byurosi Karmana tuman bo‘limi