Ota bolasiga o‘z ismini familiya sifatida berishi mumkinligi nazarda tutilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, otaning ismini bolaga familiya sifatida berish masalasi ko‘zda tutilmoqda.
Amaliyotda bolalar uyida ulg‘aygan ota-onalar va otalik huquqidan mahrum qilingan otalarning farzandlari o‘zlarining bolalariga otasining ismini familiya qilib berishni xohlamaydi. Ba’zan otasining ismini bolasiga familiya sifatida bergan otalar ma’lum muddat o‘tgach, bolasining familiyasini o‘zgartirib, o‘zining ismini familiya sifatida berishmoqda.
Endi qonunchilikka kiritilayotgan mazkur o‘zgartirish bilan agar ota xohlasa, o‘z ismini bolasiga familiya qilib berishi mumkinligi nazarda tutilmoqda.
Bu qonun loyihasi parlament quyi palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlarida birinchi o‘qishda qizg‘in muhokama qilindi.
M.Komilova,
O‘zA