Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ota-bobosidan meros hujjatsiz yer va uy-joylar rasmiylashtiriladimi? (+video)
18:25 / 2024-04-16

Qonun loyihasiga sharh

Bugungi kunda ko‘pchilik fuqarolar o‘zlari yashab turgan uy-joylarining kadastr hujjati yo‘qligi yoki egalik huquqiga ega emasligi kabi muammolarga duch keladi. 2018-yilda Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq o‘tkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida 621 ming nafardan ortiq fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasida tegishli ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylariga nisbatan egalik huquqi e’tirof etilib, ularga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib berilgan edi. Shunga qaramasdan, bugungi kunga qadar 126 mingdan ortiq fuqarolarning ruxsatnomasiz qurilgan uy-joylarga nisbatan egalikni belgilash masalasi qonuniy yechimni kutmoqda.

Endilikda mana shunday masalalarga oqilona yechim bo‘ladigan hujjat – «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qabul qilinib, Senatga yuborildi. 

Mazkur qonunda nazarda tutilayotgan tartib-qoidalar haqida Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Ravshan Mamutov bilan suhbatlashdik. 

Suhbatimiz davomida hujjatsiz yer uchastkalari va inshootlarni rasmiylashtirish uchun qayerga murojaat qilish kerak, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari rasmiylashtirilganda qancha to‘lov to‘lanadi, kimlarga imtiyoz beriladi, jarima solinadimi-yo‘qmi, fuqarolarning qancha hajmgacha bo‘lgan yer uchastkalari rasmiylashtiriladi, ushbu hujjat qanday holatdagi uchastka va uy-joylarga amal qiladi, ota-bobosidan meros qolgan hujjatsiz yer va uy-joylar ham rasmiylashtiriladimi va boshqa shu kabi savollarga javoblar olindi. 

Suhbatning to‘liq shakli bilan YouTube ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishishingiz mumkin. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/H8HNApWk8LI" title="Ota-bobosidan meros hujjatsiz yer va uy-joylar rasmiylashtiriladimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhtarama Komilova, Nishon Abduvoitov (video), O‘zA