Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ot sporti: Yuksak natijaga erishganlar taqdirlandi
17:43 / 2025-12-12

Poytaxtimizda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasining yil yakunlariga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi. Unda ot sportining to‘siqlardan sakrash, uchkurash, ot yo‘rttirish, chovgan, ot ustida kamondan o‘q otish kabi turlari bo‘yicha yuksak natijalarga erishgan sportchilar, murabbiylar, jamoalar e’tirof etildi.

Marosimda eng faol xodimlar va jamoalar “Yilning eng yaxshi sportchisi”, “Yilning eng yaxshi jamoasi”, “Yilning eng yaxshi murabbiysi,” “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi”, “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi”, “Yilning eng yaxshi viloyati” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

“Yilning eng yaxshi chavandozlar maktabi” nominatsiyasi Samarqand viloyati Chavandozlar maktabiga nasib etdi.  

Shuningdek, tadbirda “Ot sportining faxriy sportchilari” hamda “Yilning istiqbolli yoshlari” ko‘krak nishonlari o‘z egalariga topshirildi.

Tadbirda erishilgan natijalar sarhisob qilinib, yangi tashabbuslar, kelgusi yilning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA