French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ot sporti turlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar rivojlantiriladi
16:43 / 2021-10-26

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi, O‘zbekiston zamonaviy besh kurash federatsiyasi, O‘zbekiston polo federatsiyasi hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti o‘rtasida ot sportini yanada takomillashtirishda o‘quv-mashg‘ulotlarini, ilmiy-uslubiy va innovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda bir vaqtning o‘zida 3 ta sport federatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Bahrom Gaziyev, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Nodirbek Ibragimov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Kamil Bayazitov, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori Rashid Matkarimov hamda OAVlari vakillari ishtirok etdi.

Mazkur Memorandum mamlakatimizda ot sportini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, xususan, Prezidentimizning 2021 yil 11 martdagi «Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi. Bevosita milliy terma jamoalar bilan ishlash, o‘quv-mashg‘ulotlarni ilmiy asosda tashkil qilish va trenerlar malakasini oshirish, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ot sporti ixtisosligi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarni kelgusida yuqori malakali kadr etib tayyorlashga zamin yaratiladi.

– Ushbu hamkorlik doirasida professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalarning tajriba almashishi, bitiruvchi talabalarni bitiruv oldi amaliyot, ishga yo‘llash masalalarining o‘zaro manfaatli shakllarini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda, – deydi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori, professor R.Matkarimov. – Ayni paytda Universitetda ot sporti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 117 nafar talaba tahsil olmoqda.

Tadbirda ta’kidlanganidek, o‘zaro manfaatli hamkorlikda ot sporti, polo va zamonaviy beshkurash bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy va amaliy seminarlar, konferensiyalar, fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘z ijobiy natijasini ko‘rsatadi.

A.Musayev,O‘zA.