Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ot sporti: malakali mutaxassislar yutuqlarning omili sanaladi (+video)
09:35 / 2025-04-17

Mamlakatimizda yilqichilik, naslchilik va ot sportini rivojlantirish, mahalliy zotdor otlarni ko‘paytirish, sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda natijadorlikka erishishda Milliy gvardiya Chavandozlar maktablari, Qorabayir otlari mahorat maktabi va “Qorabayir otchilik majmuasi“ning alohida o‘rni bor.

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan “Yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish hamda zamonaviy beshkurash va polo sport turini ommalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ot sporti mutaxassislari ishtirokida seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish belgilangan.

Mazkur vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida Milliy gvardiya Chavandozlar maktablari, Qorabayir otlari mahorat maktabi va “Qorabayir otchilik majmuasi” direktorlari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.

Ikki kun davom etgan o‘quv-seminarda mutaxassislarning nazariy va amaliy bilimlarini boyitishga, kasbiy mahoratini oshirishga, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda salohiyatini yuksaltirishga e’tibor qaratildi.

O‘quv-seminarda Milliy Gvardiya tizimidagi mutasaddilar so‘zga chiqib, otlar bilan ish olib borishda, parvarishlashda, ular ishtirokidagi o‘quv-mashg‘ulotlar tizimini samarali tashkil etishda ilg‘or tajribalardan foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Seminarda bugungi kun uchun dolzarb bo‘lgan mavzular ko‘rib chiqildi.  

Mashg‘ulotlarning samaradorligi, ot sporti bo‘yicha turli yo‘nalishlarda o‘tkaziladigan turnirlar va erishilayotgan natijalar bo‘yicha sportchilarning malakalarini oshirish lozimligi urg‘ulandi.

<iframe width="1250" height="703" src="https://www.youtube.com/embed/23M7YZgRouU" title="Ot sporti: malakali mutaxassislar yutuqlarning omili sanaladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

T.Ro‘ziyev, O‘zA