Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ot sporti boʻyicha Global tour – 2018“ musobaqasida Otabek Bahrombekov birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi
15:26 / 2018-12-11

Poytaxtimizda davom etayotgan Osiyo ot sporti federatsiyasining Bosh assambleyasi doirasida 2Universal Jumping“ ot sporti klubida “Global tour – 2018“ musobaqasining final bosqichi oʻtkazildi.


Poytaxtimizda davom etayotgan Osiyo ot sporti federatsiyasining Bosh assambleyasi doirasida "Universal Jumping" ot sporti klubida “Global tour – 2018“ musobaqasining final bosqichi oʻtkazildi.

10.jpg

Mamlakatimizda sportni, jumladan, Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan ot sportini jadal rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Nufuzli musobaqalarni xalqaro talablarga muvofiq tashkil etish, ot sportini milliy va zamonaviy turlari bilan uygʻun rivojlantirish bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

12.jpg

Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan musobaqada 120 santimetrlik toʻsiqlardan ot sakratishda Otabek Bahrombekov “Sedrik“ laqabli oti bilan sakkizta bosqich yakuniga koʻra, birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

5.jpg

Shuningdek, ushbu yoʻnalishda Abdurahmon Abdullayev va Umar Sharipov kabi umidli chavandozlarimiz ikkinchi hamda uchinchi pogʻonadan oʻrin oldi.

2.jpg

– Oʻzbekistonga birinchi marotaba kelishim. Ochigʻi, bu yerda yaratilgan sharoitlar, Bosh assambleya va “Global tour – 2018“ musobaqasini oʻtkazish uchun qilingan yuqori saviyadagi ishlardan hayratlandim, – deydi Indoneziya ot sporti federatsiyasi prezidenti Muhammad Saddak. – Mamlakatingizda koʻplab isteʼdodli chavandozlar borligidan xabardorman. Umid qilamanki, oʻzbek chavandozlari tez orada Olimpiya oʻyinlarida ham munosib ishtirok etadi. Assambleya haqida toʻxtalib oʻtadigan boʻlsam, 20 yil davomida oʻzgarmay kelgan nizomni oʻzgartirish uchun soʻnggi bir yil davomida koʻp ishladik. Nasib qilsa ertaga ushbu nizomga oʻzgartirish kiritamiz.

Eslatib oʻtamiz, 12 dekabr kuni Bosh assambleyada Osiyo ot sporti federatsiyasi prezidenti, Qatar qirollik oilasi aʼzosi shayx Hamad Al-Attiya ishtirok etadi va unda koʻrilgan ishlar hamda hal qilinishi kerak boʻlgan vazifalar bilan tanishib, yakuniy qarorni qabul qiladi.

Shuningdek, konkur boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi IV Osiyo chempionatini Oʻzbekistonda oʻtkazish masalasi ham koʻriladi.