Shanba kuni yarim tunda sodir bo‘lgan suv toshqini Texas aholisi, dam oluvchilar va rasmiylarni sarosimaga soldi. Qutqaruvchilar vayron bo‘lgan qirg‘oq bo‘ylab yo‘qolganlarni qidirmoqda. CNN tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra halok bo‘lganlar soni 80 dan ortgan, yo‘qolganlarning 28 nafari bolalardir. Gvadelupe daryosi o‘tgan juma kuni atigi 45 daqiqada 8 metr ko‘tarilgan. Uylar, dam olish maskanlari, xullas yaqin atrof butunlay o‘pirilgan.
Aholi kuchli yomg‘ir natijasida yuzaga kelgan tabiiy ofat yana davom etishi mumkinligidan ogohlantirilgan. Qidiruv-qutqaruv ishlari faollashgan: vertolyot, qayiq va uchuvchisiz uchoqlar omon qolganlarni qutqarish, yo‘qolganlarni topish uchun safarbar qilingan. Prezident Tramp ham jabr ko‘rganlarga yordam berilishini aytgan.
Shtat gubernatori Greg Ebbott “Bedaraklar yo‘qolganlarning hammasini topamiz”, deya odamlarni tinchlantirishga uringan. Okrug sherifi Xill Kantri o‘z hududidan 32 kishining o‘limini tasdiqladi: shundan 14 nafari bolalar.
Trevis va Bernet okruglarida ham o‘lim holatlari qayd etilgan. Xalq orasida jiddiy savol paydo bo‘lgan: Muntazam va kuchli suv toshqini bilan tanilgan hududda aholi tegishli tarzda ogohlantirilganmi yoki yo‘q?
Rasmiylar odatiy bir oylik miqdorga teng yomg‘ir yog‘ilishini kutilmaganini aytib, hukumatni himoya qilyapti.
Texas markazidagi Gvadelupe daryosi bo‘yidagi tepaliklar, ayniqsa, iyul oyida dam oluvchi yoshlar bilan to‘ladi. Shu bois yo‘qolganlar sonini aniqlash juda qiyin kechyapti.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/VWbkRu-NAkc" title="O‘t balosidan, suv balosidan ..." frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA