Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ostonadagi vokzalda bomba o‘rnatilgani rostmi?
13:20 / 2017-12-27

Qozog‘istonning Ostona shahridagi eski temir yo‘l vokzalida portlovchi qurilma o‘rnatilgani haqidagi xabar internet bo‘ylab tarqaldi va keng jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘ldi. Voqea tafsilotlarini Qozog‘iston Ichki ishlar Departamenti matbuot xizmatiga asoslanib “Kazinform” ma’lum qildi.

Shu yil 26-dekabrdan 27-dekabrga o‘tar kechasi “112” ishonch raqamiga eski temir yo‘l vokzalida bomba borligi haqida xabar kelib tushdi.

Vokzal hududida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilib, 150 fuqaro evakuatsiya qilindi. Tekshiruv chog‘ida portlovchi qurilma aniqlanmagan.

Hozirda yolg‘on xabar tarqatishda gumon qilinib, muqaddam sudlangan, 64 yoshli shaxs qo‘lga olingan.

Ayni paytda vokzal faoliyati odatdagi tartibda davom etmoqda.