French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ostonada stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi
11:27 / 2024-10-10

Kecha o‘tkazilgan jamoalar o‘rtasidagi shiddatli musobaqalarda yigitlarimiz Shri-Lankani 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, 17-pog‘onada ishtiroklarini yakunladi.

Afsuski, juftlik dasturi ular uchun omadsiz o‘tdi. Chempionatda qatnashgan har ikki juftligimiz, shuningdek, mikst dasturidagi stol tennischilarimiz ham imkoniyatni boy berdi.  

Qizlarimizdan N.Tojixonova, A.Hasanova tandemi dastlabki bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Endi ular S.Oda, S.Yoko (Yaponiya) juftligiga qarshi bahs olib boradi. M.Magdiyeva, A.Kamalova esa A.Muxerji, S.Muxerji (Hindiston) juftligi bilan kuch sinashadi.

Bugun yakkalik dasturidagi dastlabki saralash bosqichi bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbekistonlik kichik raketka ustalari ham o‘z omadlarini sinovdan o‘tkazadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA