Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ostona shahrida “Toshkent kunlari” o‘tkaziladi
12:49 / 2024-06-03

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov va Qozog‘iston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Beybut Atamqulov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Sh.Umurzoqov mehmonga ham mahalliy, ham xorijiy tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay sarmoyaviy sharoitlar haqida so‘zlab berdi. U Toshkent shahar hokimligi axborot texnologiyalari, tibbiyot, ta’lim, sanoat va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.  

B.Atamqulov Toshkentning raqobatbardosh, urbanistik va turistik markazga aylanib borayotgani, u sayyohlar va ishbilarmonlarni tobora ko‘proq jalb qilayotganini ta’kidladi. Elchi shaharning raqamlashtirish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, obodonlashtirish va aniq ish mexanizmlarini joriy etish borasidagi tajribasi e’tirof va tajribani o‘rganishga loyiq ekanini bildirdi.  

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida mehmondan Ostona shahrida “Toshkent kunlari”ni o‘tkazish va Qozog‘iston poytaxtida Alisher Navoiy haykalini ochishni tashkillashtirish taklif qilindi.  

“Toshkent kunlari” doirasida hunarmandlar ko‘rgazmasi, gastroyarmarkalar, festivallar va boshqa madaniy tadbirlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.  

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA