Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ostin: Rossiyaning yadro qurolidan foydalanishi bilan bog‘liq alomatlar ko‘rinmayapti
10:47 / 2022-10-02

AQSH Rossiya rahbariyati Ukrainaga qarshi yadro qurolidan foydalanishga qaror qilgani bo‘yicha hech qanday alomat ko‘rmayapti. Bu haqda mudofaa vaziri Lloyd Ostin “CNN” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Ostinning ta’kidlashicha, yadro qurolidan foydalanish haqidagi qaror shaxsan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilinadi.
“Ayni payt men uning bunday qaror qabul qilganiga ishontiradigan hech narsani ko‘rmayapman”, dedi Ostin.

Mulozimning so‘zlariga ko‘ra, Amerika rahbariyati Rossiya tomoniga yadro qurolidan foydalanish tahdidlari haqida “to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilgan”.

Ostin rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan yaqin orada bu mavzuda gaplashmagani, ammo “ilgari bu masalada to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatlashgani”ni ta’kidladi.