Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ostin: NATO kengayishi qarorini Alyansning barcha a’zolari qabul qilishi kerak
09:28 / 2022-10-02

AQSH rasmiylari NATOning “ochiq eshiklar” siyosatiga sodiq, biroq Alyansga yangi a’zolar qabul qilish to‘g‘risidagi qarorni blokning barcha davlatlari qo‘llashi kerak. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar mudofaa vaziri Lloyd Ostin izoh berdi.

“Alyansga yangi nomzodlar masalasini NATOga a’zo 30 davlat, shuningdek, mazkur mamlakatning o‘zi hal qiladi. Endi biz Ukraina muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur barchasini ta’minlashga e’tibor qaratmoqdamiz. Biz, rosti, yangi natijalar kutmoqdamiz”, dedi Ostin.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 30 sentyabr kuni mamlakat NATOga ko‘shilish bo‘yicha ariza berganini aytgan edi. NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Alyans mazkur arizani ko‘rib chiqishga tayyorligi haqida munosabat bildirmagan.


O‘zA