Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ostankino minorasi “minalashtirilgani” haqida xabardan keyin odamlar ko‘chaga olib chiqildi
19:25 / 2022-02-08

Moskvaning shimoli-sharqida Ostankino minorasidan taxminan 100 kishi olib chiqilgan. Bunga minora “minalashtirilgani” haqida anonim tahdid olingani sabab bo‘ldi, deydi poytaxt tezkor xizmat vakili RIA Novostiga.

"Akademik Korolyov ko‘chasida joylashgan Ostankino minorasi portlatilishi haqida tahdid qilingan xabar olindi", — deyiladi agentlikka berilgan ma’lumotda.

Uning ta’kidlashicha, tekshirib ko‘rish jarayonida minoradan taxminan 100 kishi ko‘chaga olib chiqilgan.

2019 yilning so‘nggi oylaridan Rossiyaning turli shaharlarida "minalashtirilganligi” haqidagi xabarlar to‘lqini boshlangan edi. Bunday xavotirli xabarlarni sudlar, savdo markazlari, metro stansiyalari, aviatsiya va temir yo‘l infratuzilmalari, maktablar, kasalxonalar olgan. Tahdidlarning birortasi ham tasdiqlanmagan.