Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osoyishtalikka da’vat etuvchi chaqiriq
20:39 / 2026-02-13

14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

“Bu orzu va bu osoyishtalik to‘la-to‘kis oxiriga yetgandan keyin, olam bo‘ysunishi lozim bo‘lgan farmon ijro sharafiga erishdiki, tinch saqlangan mamlakatda (xudo ofat va xavflardan omon qilsin) mutlaqo hech bir kishi ichkilik ichishga urinmasin, uni hosil qilishga tirishmasin, ichkilik yasamasin, sotmasin va olmasin, o‘zida saqlamasin, eltmasin va keltirmasin: “Ichkilikdan qochinglar, shoyadki najot topsanglar”.

... Podshohning mehribonligiga sig‘ingan turk, tojik, arab, ajam, hindi, forsiy fuqaro va sipoh – butun millatlar, hamma inson toifalari bu mangu baxshishga suyanib, umid tutib, abadiylikka birikkan davlatimiz duosiga mashg‘ul bo‘lsinlar va bu hukmlar ijrosidan tashqari chiqmasinlar va burilmasinlar, farmonga muvofiq ish olib borsinlar. Bu hukm ulug‘ podshoh imzosi bilan yetishsa, e’timod qilsinlar.

Amri oliy bilan 932 yil 24 jumodilavvalda yozildi”.

Ushbu jumlalar Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan 1525-yilda Hindistonning zabt etilishi sharafiga ichkilikni man qilish haqida bergan oliy farmondan keltirilgan parcha.

Hind saltanatini zabt etgan ulug‘ hukmdor ushbu farmon shukronasiga musulmon savdogarlarni tamg‘a solig‘idan ozod etgan. 

O‘z davrida mazkur farmon gunohdan saqlanish, ichkilik, maishat tufayli davlat boshqaruvida nohaqlik, adolatsizlik va tartibsizliklar kelib chiqishining oldini olishga xizmat qilgan. 

Faxriddin Ubaydullayev.

O‘zA.