Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osoyishtalik posbonlarining xizmati e’tirof etildi
17:53 / 2022-10-25

Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasida 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari, sohaviy xizmatlar hamda hududiy bo‘linmalari xodimlari ishtirok etgan tadbirda boshqarma boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov soha faxriylari va xodimlarni bayram bilan muborakbod etdi.

Tadbirda ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy texnik vositalar bilan ta’minlash, xizmat sharoitini yaxshilash, xodimlarni ijtimoiy himoyalash borasidagi ishlar xususida so‘z bordi.

[gallery-9276]

Xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, yuksak bilim va professional ko‘nikmalarga ega vatanparvar xodimlarning tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yo‘lidagi xizmatlari e’tirof etildi.

Bir guruh xodimlar Ichki ishlar vazirligining buyrug‘i bilan “A’lo xizmatlari uchun”, I, II va III darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, navbatdagi maxsus unvonlar hamda ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan sportning voleybol, basketbol, shaxmat turlari, mini futbol bo‘yicha musobaqa g‘oliblariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA