Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osoyishtalik posbonlarining 112 nafar farzandi tavsiyanomaga ega bo‘ldi
12:33 / 2025-06-18

Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining amaldagi va sobiq xodimlari farzandlariga kvota asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma topshirildi.

Shu munosabat bilan Termiz shahar ichki ishlar boshqarmasida bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Sherzod Shadiyev mamlakatimizda ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolariga ko‘rsatilayotgan e’tibor haqida atroflicha so‘z yuritdi. Joriy yilda umumta’lim maktablarini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga yo‘llanma olayotgan o‘g‘il-qizlarga omad tiladi. 

Prezidentimizning 2018 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  hamda 2019 yil 26 fevraldagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq bu yil viloyatda ichki ishlar organlari 102 nafar xodimining 112 farzandi imtiyozli tavsiyanomaga ega bo‘ldi. 

Tadbirda oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishiga imtiyoz beruvchi tavsiyanoma olgan o‘g‘il-qizlarning ota-onalari ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolariga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun davlatimizga chuqur minnatdorlik bildirdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri