Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘smirlarimiz qirg‘iz tengdoshlarini yirik hisobda mag‘lub etdi
11:01 / 2025-05-25

FOTOREPORTAJ

Avval xabar berganimizdek,  Toshkent viloyatidagi “Terma jamoalar markazi” stadionida “CAFA U-17 Championship 2025” turniri bo‘lib o‘tyapti. 

O‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan nufuzli turnirda Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Eron, Afg‘oniston va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirok etmoqda. Jamoalar 2 ta guruhga bo‘lingan holda uchrashuvlar o‘tkazishyapti.

Kecha hamyurtlarimiz qirg‘iz tengdoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘yin davomida to‘la ustunlikka erishgan yosh futbolchilarimiz 5:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Turkmaniston-Afg‘oniston uchrashuvida 1:0 hisobi qayd etildi.

[gallery-23575]

O‘smirlarimiz 28 may kuni Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA