Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘smirlarimiz Butunjahon shaxmat olimpiadasida sovrindorlikka da’vogar
14:59 / 2025-08-22

Bugun, 22 avgust kuni Kolumbiyada o‘smirlar (U-16) o‘rtasida o‘tayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Aytish lozim, 9-tur o‘yinlari yakunlanmasdan 16 ochko jamg‘argan “FIDE-1” jamoasi muddatidan avval chempionlikni tantana qildi.

Dunyoning 45 davlatidan 90 ta jamoa ishtirok etayotgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kecha 7-turda Hindiston vakillariga imkoniyatni boy berdi. 8-turda Kanada jamoasini 3,5:0,5 hisobida mag‘lub etib, umumiy hisobda 12 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, 4-o‘rinda harakatlanmoqda.

Turnir jadvalida 13 ochko jamg‘argan “FIDE-2” jamoasi 2-o‘rinda, hamyurtlarimiz singari 12 ochkoga ega “Qozog‘iston-1” jamoasi 3-o‘rinni band etgan. Hindiston, “Qozog‘iston-2”, “Kolumbiya-1”, Italiya, Kanada va Xitoy terma jamoalari ham 12 ochko jamg‘arib, keyingi pog‘onalarda bormoqda.

Bugun o‘tadigan 9-turda O‘zbekiston terma jamoasi 12 ochko bilan 8-pog‘onada joylashgan Italiya shaxmatchilari bilan kuch sinashadi. “FIDE-1”- “FIDE-2”, “Qozog‘iston-1” - Xitoy, “Qozog‘iston-2” - “Kolumbiya-1”, Kanada - Hindiston jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar natijasida 2- va 3-o‘rin sohiblari aniqlanadi.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA