Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘smirlar orasida eng kuchli velosportchilar aniqlanmoqda
15:25 / 2024-05-13

Navoiy viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatining ilk g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

Musobaqaning ilk kunida velosportchilar 15 km. masofaga yakkalik poygasida ishtirok etdi. Unda o‘g‘il bolalar orasida Kamron Shin belgilangan masofani 23 daqiqa 21 soniyada birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Uning ortidan esa Ahat Azizov va Emil Valishin finishga yetib keldi.  

Madina Anvarova 15 kilometr masofani 26 daqiqa 25 soniyada bosib o‘tgan holda qizlar o‘rtasida mamlakat chempioniga aylandi. 28 daqiqa 11 soniya natija qayd etgan Milana Yarovaya ikkinchi, Aliya G‘afforova 28 daqiqa 22 soniya bilan uchinchi bo‘ldi.  

Ayni damda chempionat doirasida 20 km. masofada «Miks» estafetasi va jamoaviy poyga bahslari o‘tkazilmoqda.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA