French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘smir velosportchilarimizning shashti baland
10:02 / 2024-05-14

Navoiy viloyatida o‘smirlar o‘rtasida davom etayotgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining ikkinchi kunida 20 km. masofaga mikst jamoaviy estafeta va jamoaviy poyga bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazildi.

Mikst jamoaviy estafetasida Sirdaryo viloyati velosportchilari 34 daqiqa 40 soniya natija bilan birinchi pog‘onani egalladi. Ushbu yo‘nalishdagi kuchli uchlikni Samarqand va Qoraqalpog‘iston jamoalari yakunlab berdi. Jamoaviy poygada esa Toshkent viloyati, Qoraqalpog‘iston hamda Toshkent shahri jamoalari g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi.  

Bugun, 14 may kuni mamlakat chempionatida o‘smirlar o‘rtasida 45 kilometr masofaga guruh poygasi o‘tkazilsa, ushbu yo‘nalish bo‘yicha qizlar 23 km. masofada raqobatlashadi.  

 

Javohir Toshxo‘jayev,  

O‘zA