Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘smir dzyudochilarimiz Osiyo chempionatidan medallar shodasi bilan qaytdi
07:09 / 2024-09-01

Janubiy Koreyaning Mungyong shahrida o‘smirlar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli qatnashgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida delegatsiyamizni Sport vazirligi hamda mamlakat dzyudo federatsiyasi mutasaddilari kutib oldi.

Yosh polvonlarimiz chempionatda, 6 ta oltin, 4 ta kumush, 6 ta bronza, jami 16 ta medal bilan umumjamoa hisobida mezbonlar termasidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi.  

Musobaqada  Dinara Hasanova,  Dilnoza Hamitova, Nigina Saparboyeva,  Zarina Bobonazarova, Xushnudbek Burhonov, Muhammad Masharipov, barcha raqiblarini yengib oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek,  vakillarimizdan Nigina Umirzoqova, Muhammad Nosirov, Bahrom Asadov, Umirzoq Qurbonmurodov kumush, Nargiza Do‘stmamatova, Dilshod Karimov, Umida Nig‘matova, Suhrob Abduqodirov, Muhammadali Sa’dullayev va Musurmonqul Ahrorov bronza medliga ega chiqdi.

–  Osiyo chempionatida vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan dzyudochilar bellashuvida oltin medalni qo‘lga kiritdim, –  deydi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zosi Muhammad Masharipov. – Mazkur musobaqada barcha raqiblari kuchli edi. Biroq murabbiylarimning to‘g‘ri ko‘rsatmasi meni musobaqa g‘olibligi tomon yetakladi. Kelgusida bundanda yuksak natijalar qayd etishga bor imkoniyatimni ishga solaman.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA