Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘smir bokschilarimiz Rossiyada g‘olib bo‘ldi
09:59 / 2025-12-03

Rossiyaning Nadim shahrida boks bo‘yicha xalqaro xotira turniri o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning 6 nafar o‘smir charm qo‘lqop ustalari ishtirok etib, 2 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa davomida vazni -70 kg. bo‘lgan Hadyatulloh Saydullayev barcha raqiblarini taslim etib, oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, -75 kg. vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Ibrohim Mirzakarimov shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Shuningdek, o‘z vazn toifalarida Fayozbek Noraliyev, Jahongirjon Usmonqulov kumush, Akbarjon Mirzayev va Oybek Alimjonov bronza medal bilan taqdirlandi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA