English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“OsiyoEkspress” pul oʻtkazmalari tizimi: qulay va ishonchli
11:17 / 2020-03-25

“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ ning shoʻba banki boʻlgan Osiyo-Invest Bank (AJ) Rossiya banklarini hamkorlikka chorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasiga pul oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali Rossiya Federatsiyasidagi “OsiyoEkspress” pul oʻtkazmalari tizimi ishtirokchilari sonini oshiradi.


“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ ning shoʻba banki boʻlgan Osiyo-Invest Bank (AJ) Rossiya banklarini hamkorlikka chorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasiga pul oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali Rossiya Federatsiyasidagi “OsiyoEkspress” pul oʻtkazmalari tizimi ishtirokchilari sonini oshiradi.

Hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasidan Oʻzbekiston Respublikasiga va Oʻzbekiston Respublikasidan Rossiya Federatsiyasiga pul oʻtkazmalari “RUNA-BANK” AJ da amalga oshiriladi. “RUNA-BANK” AJ Moskva, Moskva viloyati: Serpuxov, Mitiщi, Korolev, Fryazino, Zelenograd, hamda Tverskoy viloyatining Kalyazino shahrlarida oʻz ofislari va tezkor kassalariga ega.

2020-yilning 20-martidan boshlab “OsiyoEkspress” pul oʻtkazmalarini yuborish va toʻlash boʻyicha “Solidarnost” TB AJ ofislari qoʻshildi. Moskva, Moskva viloyati, Irkutskdagi ofislar tajriba xududlari sifatida ishtirok etadi.

“Solidarnost” TB AJ shoxobchalarining ishtiroki keyinchalik Sankt-Peterburg shahri, Samara viloyatini ham qoʻshish, shuningdek, mehnat migrantlari uchun pul oʻtkazmalarining raqamli texnologiyalari va boshqa xizmatlarni joriy etish imkonini beradi.

Osiyo-Invest Bank (AJ) hamkorlik tarmogʻini kengaytirish strategiyasini izchil amalga oshirmoqda va Rossiya Federatsiyasining yirik koʻp filialli banki – “Rosselxozbank” AJ bilan integratsiya jarayonlarini yakunlaydi.

Taʼkidlash joizki, Rossiya Federatsiyasidan Oʻzbekiston Respublikasiga pul oʻtkazmalarini yuborayotgan “OsiyoEkspress” pul oʻtkazmalari tizimi foydlanuvchilariga 7/24 rejimida oʻzbek va rus tillarida har tomonlama yordam koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasida pul oʻtkazmalarini toʻlash eng avvalo Osiyo-Invest Bank (AJ) aksioneri – Oʻzmilliybank, “Xalq Banki” ATB, “Qishloq Qurilish Banki” ATB, “Agro bank” ATB filiallarida amalga oshiriladi.

Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida