Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyoda tengsiz bo‘lgan dzyudochilarimiz mamlakatimizga qaytib keldi
09:46 / 2022-07-22

Bangkok shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 6 ta oltin, 6 ta kumush, 3 ta bronza jami 15 medal jamg‘argan holda 16 davlat orasida birinchi o‘rinni egallagan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari yurtimizga qaytib keldi.

Tohir Fayziyev murabbiyligidagi muzaffar dzyudochilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sportchilar, ota-onalar, jurnalistlar tantanali kutib oldi. 

Qit’amizning eng kuchli o‘smir dzyudochilarini aniqlash uchun o‘tkazilgan musobaqada polvonlarimiz tengdoshlariga qarshi munosib bellashib, jahon tamadduniga munosib hissa qo‘shgan ne-ne ulug‘ zotlarning munosib vorislari, O‘zbekistondek buyuk yurtning hech kimdan kam bo‘lmagan va hech qachon kam bo‘lmaydigan farzandlari ekanini isbotladi. 

Keskin va murosasiz bellashuvlarda zafar quchgan sportchilarimizning mardligi, jasorati, shijoatu matonati dunyo ahlini lol qoldirdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, ularning bunday yuksak muvaffaqiyati mamlakatimiz mustaqilligi, o‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufaylidir. 

Sport sohasida yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan Laziza Haydarova, Umidaxon Burxonjonova, Anvarjon Ibrohimov, Shohjahon Otaboyev, Xurshida Razzoqberdiyeva,  Abbos Shermahmatov kabi dzyudochilarimiz Osiyo chempionatida oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Shuningdek, Sevinch Murodova, So‘g‘diyona Rafkatova, Sardor Himmatov, Barchinoy Qodirova, Samariddin Muxibiddinov, Elnur Xolmo‘minov o‘z vaznida kumush, Marjona Nurulloyeva, Saddam Husanov va Sevinch To‘raqulova esa bronza medaliga ega chiqdi.

– Chempionatda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, Vatanimizga yorug‘ yuz bilan qaytib kelganimizdan baxtiyormiz, – deydi Osiyo chempioni Abbos Shermahmatov . – Sportni rivojlantirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishimiz, xalqaro maydonlarda yuksak g‘alabalarga erishishga qodir sportchi bo‘lib voyaga yetishimizga qaratayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rligi uchun Prezidentimizdan behad minnatdormiz. 


 
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA