Osiyo Velosport konfederatsiyasi prezidenti O‘zbekistonga keldi
O‘zbekistonga mamlakat velosiped sporti federatsiyasi taklifiga binoan Osiyo Velosport konfederatsiyasi (ASS) prezidenti Osama Ahmad Al- Shafar tashrif buyurdi.
Tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisi T.Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri A.Abduhakimov va Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti R.Shoabdurahmonov bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.
Shuningdek, Osama Ahmad Al-Shafar tashrifida Respublikada velosiped sportining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, mintaqaviy va xalqaro doiradagi dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Osama Ahmad Al-Shafar boshchiligidagi delegatsiya 16 iyunga qadar mamlakatimizda bo‘ladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA