4 iyun kuni Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi va Osiyo va Yevropa davlatlari muammolarini o‘rganish instituti direktori Yormahmad Niyoziy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarda ijobiy o‘sish sur’ati qayd etildi, bunda ikki davlat rahbarlarining roli yuqori ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, ilmiy doira vakillari o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarni yanada kengaytirish, kelgusida Markaziy Osiyo davlatlari tahlil tuzilmalarini jalb etish orqali O‘zbekiston va Tojikiston ilmiy-tahlil markazlari uchun qo‘shma platforma yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shu kabi qo‘shma tadbirlar, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va treninglar o‘tkazish orqali o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirishga qiziqish bildirildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish maqsadida MOXI va Institut o‘rtasida o‘zaro ilmiy tadqiqotlar olib borish, maqolalar va monografiyalar nashr etish, konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar tashkil etishga doir ikki tomonlama shartnoma imzolandi.
O‘zA