Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo va Tinch okeani davlatlari ombudsmanlari tajriba almashdi
14:32 / 2026-01-22

Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning Osiyo va Tinch okeani forumi hamda Malayziya Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi tomonidan “Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar gender strategiyasi” mavzusida xalqaro tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha  vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova ishtirok etdi. 

Tadbirda Avstraliya, Bahrayn, Falastin, Fiji, Hindiston, Indoneziya, Iroq, Janubiy Koreya, Maldiv, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Nepal, Ummon, Shri-Lanka, Yangi Zelandiya kabi davlatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari rahbarlari va vakillari  ham qatnashdi.

Xalqaro tadbirda ishtirokchilarga O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha  shakllantirilgan huquqiy, institutsional va amaliy mexanizmlar haqida ma’lumot berildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Tenglik va hurmat” platformasi doirasida ayollarga huquqiy, psixologik hamda ijtimoiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tildi. 

N.Abduraimova, O‘zA