Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo va Afrikaning taraqqiy etishi va boyib borishi Yevropada migratsiyani kuchaytiradi
11:41 / 2023-01-30

Afrika va Osiyo mamlakatlari rivojlanib, aholisining puli ko‘paysa Yevropaga kelish uchun yanada faolroq urinishadi. Bu haqda Fransiya ichki ishlar va dengizorti hududlari vaziri Jerald Darmanen Le Parisien gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Osiyo va Afrikaning taraqqiy etishi mintaqa aholisining Yevropa qit’asiga borish imkoniyatini yanada oshiradi, chunki odamlarning  ta’lim olish va sayohat qilishi uchun mablag‘i ko‘payadi", -  dedi u.  

Vazirning fikricha, "immigratsiya – bu global omil bo‘lib, siyosatchilarning ko‘radigan choralariga qaramay, yaqin yillarda ham saqlanib qoladi". Shu bilan birga, u “dunyoda demokratiya kamayib borayotganini” ham eslatib, "global isish oqibatida Sahroi kabr mintaqasida hayot kechirishning imkoni bo‘lmay qoladi”, deb ogohlantirgan. Shuningdek, Darmanen Fransiyaning Afrikadagi bir qator mamlakatlar bilan munosabatlari  yomonlashganini ham ta’kidlagan.  

"Yaqin-yaqinlargacha Fransiyaning Liviya, Suriya, Afg‘oniston, Eron, Mali, Burkina-Faso bilan munosabatlari yaxshi edi. Endi bu mamlakatlar biz bilan munosabatlarni qo‘llab-quvvatlamay qo‘ydi. Bizga zarur bo‘lgan immigratsiyani ta’minlash faqat o‘zimizga bog‘liq", - degan u.  

Mamlakat ichki ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi tufayli noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish qiyinlashgan. Shunga qaramay  Fransiya 2022 yilda avvalgi yillar bilan taqqoslaganda 15 foiz ko‘p noqonuniy migrantlarni  mamlakatdan chiqarib yuborishga erishgan. “Agar immigratsiya tartiblariga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qonunni parlament ma’qullasa  2023 yil  "haqiqiy deportatsiya yili bo‘ladi”, degan u intervyusida.