Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Samarqandda
18:49 / 2025-11-17

2026 yilning 3−6 may kunlari Samarqand shahri Osiyo taraqqiyot banki (OTB)ning 59-yillik yig‘ilishiga mezbonlik qiladi.

Mazkur nufuzli tadbir o‘tkaziladigan joylarni ko‘zdan kechirish va Samarqand bilan yaqindan tanishish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki Prezidenti Masato Kanda boshchiligidagi delegatsiya qadimiy va hamisha navqiron kentda bo‘ldi.  

Samarqand xalqaro aeroportida mehmonlarni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi A.Boboyev kutib oldi. Shu yerda Masato Kanda bilan o‘tkazilgan muloqotda Adiz Boboyev OTBning yillik yig‘ilishini o‘tkazish uchun Samarqand tanlanganidan mamnunligini aytib, ushbu nufuzli tadbirni yuqori darajada o‘tkazish uchun zarur chora-tadbirlar ko‘rilayotganligini bildirdi.

Masato Kanda Samarqand shahri keyingi yillarda dunyo miqyosidagi nufuzli forum va anjumanlar, siyosiy muloqotlar markaziga aylanib borayotganini ta’kidlab, OTBning 59-yillik yig‘ilishi ham yuqori saviyada o‘tkazilishiga ishonishini qayd etdi.

Shundan so‘ng bank prezidenti va vakillari yig‘ilish o‘tkazilishi rejalashtirilgan Samarqand xalqaro turizm markazidagi Kongress xol, mehmonxonalar va boshqa ob’ektlar bilan tanishdi, shuningdek, shahardagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni tomosha qildi.

Osiyo taraqqiyot bankining 59-yillik yig‘ilishida bankka a’zo 69 davlatning bank-moliya muassasalari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etib, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan mamlakatlar oldida turgan rivojlanish muammolarini ko‘rib chiqishi ko‘zda tutilgan.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari