Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga ipoteka va “yashil” moliyalashtirish uchun 150 million dollar ajratadi
17:16 / 2022-11-08

Osiyo taraqqiyot bankining ipoteka bozori sektorini rivojlantirish dasturi doirasidagi kredit mablag‘i O‘zbekiston ipoteka kreditlarini qayta moliyalash kompaniyasining uy-joy ipotekasi, uy-joylarni obodonlashtirish va “yashil” moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

O‘zbekistonda yashil renovatsiya kreditlaridan isitish va sovitish tizimlarini yangilash yoki o‘rnatish, quyosh panellarini o‘rnatish, suv izolyatsiyasini yaxshilash – energiya samaradorligini oshirish uchun foydalanishi mumkin.  

Osiyo taraqqiyot banki dasturiga ko‘ra, kreditlarning kamida 32,5 foizi ayollarga berilishi kerak. Kredit, shuningdek, O‘zbekistonda bozorga asoslangan ipoteka moliyasini faollashtirish uchun moliyalashtirish mexanizmlarini rag‘batlantiradi. Uy-joy ipoteka mahsulotlari, shu jumladan “yashil” moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.  

O‘zA