Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston soliq tizimidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlamoqda
15:39 / 2026-02-10

Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Po‘latov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Soliq qo‘mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida soliq ma’murchiligini modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, soliq tizimida shaffoflikni oshirish hamda soliq nazorati mexanizmlarini takomillashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan hamkorlikning joriy holati va kelgusidagi istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar Soliq qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslar yuzasidan fikr almashdi. Jumladan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan soliq ma’murchiligi tizimini 2030 yilgacha isloh qilish strategiyasi doirasida ko‘rsatiladigan texnik ko‘makning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish hamda soliq ma’murchiligining samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni izchil davom ettirishga kelishib oldi.

Sh.Mamaturopova, O‘zA