Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo stol tennisi federatsiyasi rahbariyati Toshkentda
11:49 / 2025-04-06

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Osiyo stol tennisi ittifoqi bosh direktori Nabil Al-Fakih bilan joriy yilning iyun-iyul oylarida poytaxtimizda tashkil etiladigan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Muloqot jarayonida Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov mamlakatimiz ushbu musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini, bu borada mahalliy mutaxassislarda yetarli tajriba mavjudligini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Al-Fakih O‘zbekistonda stol tennisini rivojlantirish borasida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilayotgani,  hamkorlik munosabatlari izchil davom etayotgani haqida iliq fikrlarni bildirib, shu kunlarda poytaxtimizda Olimpiya birdamligi loyihasi doirasida stol tennisi bo‘yicha o‘tayotgan murabbiylar seminarining tashkiliy ishiga yuqori baho berdi.

Uchrashuvda may oyida Toshkentda “Youth contender” xalqaro musobaqasini ham o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar, o‘zaro hamkorlikning yangi istiqbollari haqida fikrlashildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA