Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo shaxmatchilari Toshkentda
20:03 / 2016-05-26

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha XV Osiyo chempionati boshlandi.

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha XV Osiyo chempionati boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Osiyo shaxmat federatsiyasi hamda mamlakatimiz shaxmat federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur chempionatda yigirmadan ortiq davlatdan ikki yuzga yaqin shaxmatchi o‘zaro bahslashmoqda.

Musobaqaning ochilishida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda sportning barcha turlari qatori shaxmatni rivojlantirishga ko‘rsatilayotgan ulkan e’tibor samarasida o‘zbek shaxmatchilari nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgani ta’kidlandi.

Bugun o‘zbek shaxmatchilari xalqaro turnirlarda muntazam yuqori o‘rinlarni egallab, mamlakatimizda voyaga yetayotgan avlod dunyoda hech kimdan kam emasligi va kam bo‘lmasligini amalda isbotlab kelmoqda. 2015-yili shaxmatchilarimiz xalqaro miqyosdagi musobaqalarda 25 oltin, 8 kumush va 12 bronza medalni qo‘lga kiritgani buning dalilidir.

Joriy yilgi sport mavsumi ham muvaffaqiyatli bo‘lmoqda. Yaqinda Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yosh sportchilarimiz 4 oltin, 3 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida tashkil etilgan jamoaviy Osiyo chempionati – Osiyo millatlari kubogida O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi standart va rapid shaxmat bo‘yicha kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha birinchi o‘zbek grossmeysteri Georgiy A’zamov xotirasiga bag‘ishlangan “Toshkent open” X xalqaro turnirida ham iste’dodli sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz ko‘plab yirik shaxmat musobaqalariga mezbonlik qilmoqda. Jahon chempionati g‘oliblari Rustam Qosimjonov va Vishvanatan Anand (Hindiston) o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi, Gran-pri musobaqalari va ko‘plab xalqaro turnirlar shular jumlasidandir.

Shveytsarcha tizimda to‘qqiz turdan iborat musobaqada mamlakatimiz sharafini Rustam Qosimjonov, Marat Jumayev, Jahongir Vohidov, Temur Igonin, Nodirbek Yoqubov, Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Mehriddin Yo‘ldoshev, Muzaffarjon Eminjonov, Akmal Fayzullayev, Gulruhbegim Tohirjonova, Nodira Nodirjonova, Bahora Abdusattorova, Sitora Saparova kabi iqtidor egalari himoya qilmoqda.