English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo shaxmat federatsiyasi o‘z tarkibiga Rossiya qo‘shilganini rasman tasdiqladi
10:08 / 2023-03-01

Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida o‘tgan Osiyo shaxmat federatsiyasi Bosh Assambleya yig‘ilishida Rossiya shaxmat federatsiyasi tashkilotga a’zolikka qabul qilindi.

Bosh Assambleya yig‘ilishida 29 delegat Rossiyani Osiyo shaxmat federatsiyasi tarkibiga kirishini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, bir nafari qarshi, yana olti nafar delegat esa betarafligini bildirgan.  

Mazkur ovoz berish jarayoni Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan ruxsat berilgandan keyin ro‘y berdi, deyiladi FIDE xabarida.  

Rossiyaning Osiyo tarkibiga qo‘shilishi rasman tasdiqlangan, uning to‘liq kuchga kirishi joriy yil 1 maydan ekanligi sababli ushbu mamlakat shaxmatchilari ertaga, 2 mart kuni Serbiyada shaxmat bo‘yicha boshlanayotgan Yevropa chempionatida FIDE bayrog‘i ostida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.  

 

T.Ro‘ziyev,  

O‘zA