Poytaxtimizda o‘tkaziladigan Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasida ishtirok etish uchun Osiyo parlament assambleyasi Bosh kotibi Mohammad Rizo Majidiy boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyurdi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda Osiyo parlament assambleyasi bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlashning muhim jihatlariga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston rivojlanish strategiyasida belgilangan asosiy tamoyillarning Osiyo parlament assambleyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bilan hamohang ekani o‘zaro hamkorlik uchun imkoniyatlarni kengaytiradi.
Shu bois, atrof-muhitni muhofaza qilish, “yashil energetika”, kambag‘allikni qisqartirish kabi yo‘nalishlarda Senatning tegishli qo‘mitalari tashkilot tuzilmalari bilan amaliy hamkorligini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Shuningdek, assambleyaga a’zo mamlakatlar o‘rtasida madaniy-gumanitar muloqotni kengaytirish hamda «ziyorat» turizmi yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
N.Abduraimova, O‘zA