Osiyo paralimpiya qo‘mitasining 39-Ijroiya kengashi o‘z ishini boshladi
Paralimpiya musobaqalarini saviyali tashkil qilish xalqaro miqyosda muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Sportchilarga musobaqalarda qulayliklar yaratish, ularning belgilangan muddat mobaynida yashash tarzini samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda har bir turnir boshlanishidan oldin qo‘mita yig‘ilishini tashkil etish yo‘lga qo‘yildi. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Osiyo paralimpiya qo‘mitasining navbatdagi ijroqo‘m yig‘ilishi boshlandi.
Ushbu yig‘ilishda Osiyo sportiga oid eng muhim masalalar kun tartibidan o‘rin olgan. Shuningdek, 10-14 dekabrda yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan Paraosiyo o‘yinlarini saviyali tashkil etish kun tartibining asosiy mavzusi bo‘ldi.
Mazkur muhim tadbirda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev ishtirok etmoqda.
Sherbek Islomov, O‘zA